“Orion” kosmik kemasi Yer sari qaytish trayektoriyasiga chiqdi
“Artemida-2” oy missiyasining “Orion” kosmik kemasi Yer sari qaytish uchun belgilangan trayektoriyaga chiqdi, deb xabar bermoqda TASS CSA (Kanada kosmik agentligi) maʼlumotiga tayanib.
“Ekipaj Yerga qaytish uchun birinchi tuzatish manevrini yakunladi. ESA (Yevropa kosmik agentligi) tomonidan taqdim etilgan modul oʻzining dvigatel qurilmasi yordamida kosmik apparatni belgilangan qaytish trayektoriyasiga aniq olib chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Astronavtlarning Yerga qaytishi AQSH Sharqiy sohili vaqti bilan 10-aprel soat 20:07 ga (Toshkent vaqti bilan 11-aprel soat 05:07 ga) kutilmoqda.
“Orion” kemasi Kaliforniya shtati janubidagi San-Diyego shahri qirgʻoqlari yaqinida suvga qoʻnishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring