Organik mahsulotlar ishlab chiqarish Qonun bilan tartibga solindi

05:49 27 Aprel 2022 Iqtisodiyot
1471 0

Foto: Illustrativ foto

“Organik mahsulotlar toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-766-son, 25.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish, tamgʻalash va realizatsiya qilish, shuningdek muvofiqlikni baholash va avtorizatsiyalashtirishni tartibga soladi.

Organik mahsulotlar ishlab chiqarishga oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlashtirilgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun subsidiyalar ajratiladi.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda sogʻlom hayvonlar va oʻsimliklardan, xavfsiz mahsulotlardan hamda kelib chiqishi hayvonlar va oʻsimliklarga mansub boʻlgan xomashyodan foydalaniladi.

Organik mahsulotlarni tamgʻalashda “organic” (organik), “biologic” (biologik), “ecologic” (ekologik), “natural” (tabiiy) degan soʻzlardan foydalanilishi mumkin.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar reyestri yuritiladi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер