“Organik mahsulotlar yetishtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Uning ahamiyati nimada?

19:11 10 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1152 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilish “Organik mahsulotlar yetishtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlandi.

Hujjatda organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha umumiy qoidalar, ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish, organik mahsulotlar va ularning ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish hamda boshqarishning huquqiy asoslarini belgilash nazarda tutilgan.

— Ikkinchi oʻqishga tayyorlanayotgan loyihada organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda vakolatli davlat organlarining vakolatlariga aniqlik kiritilyapti, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Islom Xushvaqtov. — Shuningdek, organik mahsulot ishlab chiqarish va savdosiga qoʻyiladigan umumiy talablar belgilanayotir. Organik mahsulotini Oʻzbekiston hududiga olib kirish va undan olib chiqish, organik mahsulot ishlab chiqarishni texnik jihatdan tartibga solishga doir talab va shartlar belgilanmoqda.

Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xom ashyo ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xoʻjalik subyektlari uchun munosabatlarni mufassal huquqiy tartibga solishga yordam beradi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер