Orban Vengriya Ukrainaga gaz yetkazib berishni toʻxtatishini maʼlum qildi

09:22 26 Mart 2026 Dunyo
339 0

Vengriya “Drujba” quvuri orqali neft yetkazib berish qayta tiklangunga qadar Ukrainaga gaz berishni toʻxtatadi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Viktor Orban maʼlum qildi.

— Ukraina neft yetkazib bermas ekan, u Vengriya tomonidan gaz olmaydi. Biz energetika xavfsizligini himoya qilamiz, benzinning tartibga solinadigan narxini va aholi uchun gazning pasaytirilgan tarifini saqlab qolamiz, — deb taʼkidladi u.

Bosh vazir oʻz bayonoti aks etgan videoni eʼlon qildi va unda bu uning “oxirgi taklifi” ekanligini aytdi, chunki Ukraina 30 kundan beri “Drujba” neft quvuri ishini toʻsib qoʻygan.

Orbanning taʼkidlashicha, Vengriya gaz yetkazib berishni bosqichma-bosqich toʻxtatadi, boʻshagan hajmlarni esa oʻz omborlariga yoʻnaltiradi.

Qayd etish joizki, Vengriya soʻnggi haftalar davomida Ukrainadan oʻz hududidagi “Drujba” quvurining Budapesht Rossiya neftini oladigan qismini taʼmirlashni talab qilib kelmoqda. Ushbu bahona bilan Vengriya Ukrainani neft yetkazib berishni ataylab toʻxtatib qoʻyganlikda ayblab, Kiyevga Yevropa krediti ajratilishini toʻsib qoʻymoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?