Oʻquvchilarning maktabdan maktabga koʻchishi tartibi yengillashtirildi
Illyustrativ foto
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali xabar berdi.
Oʻzgartirishlarga muvofiq, endilikda oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazishda mahalla tomonidan beriladigan maʼlumotnoma talab etilmaydi.
Ilgari oʻquvchining boshqa maktabga koʻchirilishi uchun hujjatlarda mahalladan maʼlumotnoma boʻlishi shart qilib qoʻyilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring