Oʻquvchilar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi
Foto: Illustrativ foto
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning maʼlum qilishicha, 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab “Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa aʼzolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.
“Zakovat stipendiyasi” intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:
• 1-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 soʻm);
• 2-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 soʻm);
• 3-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 soʻm) belgilanadi va yil davomida har oy toʻlab beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring