Oʻquv markazlarida IT sohasini oʻrganish uchun ham taʼlim krediti beriladi

16:31 27 Fevral 2023 Jamiyat
719 0

Foto: Illustrativ foto

Hukumatning tegishli qarori (№79, 27.02.2023y) bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining oʻquv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, taʼlim krediti:

— bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming soʻm) miqdorda;

— Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);

— bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;

— har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер