Oqqoʻrgʻonda noqonuniy ravishda oltin izlovchi ota-bola qoʻlga olindi
Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi xodimlari Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Shohruxiya shahristoni” moddiy-madaniy meros obyektida nomaʼlum shaxslar tomonidan qazish ishlari olib borilayotganini aniqlashdi.
Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu shaxslar maxsus metall qidiruv moslamasi yordamida madaniy meros obyektidan 3 dona temir metall buyumi olayotganda qoʻlga olingan.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga koʻra, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda hamda ularda tutash hududlarda yer qazish, qurilish, melioratsiya, xoʻjalik ishlari va boshqa ishlar, shuningdek, moddiy-madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar maxsus ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ayni damda qonunbuzarlarninig shaxsiga aniqlik kiritilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring