Oqqoʻrgʻon dehqon bozori yopildi

22:10 29 May 2020 Jamiyat
1029 0

Koronavirus pandemiyasining oldini olish borasida viloyatda keng koʻlamda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Oqqoʻrgʻon tumanida karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda dezinfeksiya ishlarining katta formatda olib borilishi munosabati bilan “Oqqoʻrgʻon dehqon bozori” MCHJ faoliyati 2020-yil 8-iyun kuniga qadar toʻxtatiladi.

Tuman aholisi oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirishda “Elga xizmat” taʼminot turida foydalanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер