“Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari” tashkil etiladi
“Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya xiyobonlarni rivojlantirish va uning doimiy faoliyatini tashkil etishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
infratuzilma va moddiy-texnik bazani takomillashtirish;
taʼlim va maʼrifiy faoliyatni rivojlantirish;
madaniy-maʼnaviy dam olish xizmatlaridan keng foydalanish;
bolalar uchun koʻngilochar maydonchalari tashkil etish;
ajdodlar tomonidan toʻplangan tarixiy va madaniy tajriba jamiyat aʼzolarining individual va umumiy rivojlanishi uchun zarur shart ekanligini jamoatchilik ongiga singdirish.
Tematik xiyobonlar faoliyati 2018–2020 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida yoʻlga qoʻyiladi.
Mazkur xiyobonlarda oʻqituvchi va murabbiylarning siymosini aks ettiruvchi, ularning nufuzini oshiruvchi monumentlar, kutubxonalar, ilmiy-maʼrifiy binolar, muzeylar yoki kichik koʻrgazma zallari va boshqa koʻngilochar obyektlar tashkil etiladi.
Xiyobonlarning namunaviy loyihasini ishlab chiqish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring