Oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan xalqaro olimpiada gʻoliblariga har oy 150 foiz ustama toʻlanadi
Foto: Illustrativ foto
Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi toʻlanadi.
Bunda:
— ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha aynan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada gʻolibiga beriladi;
— taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari tomonidan gʻoliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring