Oʻqishni koʻchirish tartibi qanday?
Illustrativ foto
Respublika davlat oliy taʼlim muassasalararo oʻqishni koʻchirishga (ichki «perevod») 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi:
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
- davlat xizmatchisi ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida).
Boshqa holatlarda «ichki perevod»ga ruxsat berilmaydi.
Xorijiy davlatlardagi OTMdan oʻqishni koʻchirishda (tashqi «perevod»):
- mos va turdosh taʼlim yoʻnalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari natijasida oʻtish balini toʻplash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan oʻtkaziladi.
- oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi.
- mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
- Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish xorijiy OTMdan oʻqishni koʻchirish tartibi kabi tashkil etiladi.
- mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik toʻlov asosida koʻchirishi mumkin.
Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.
Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Kerakli hujjatlar:
- ariza (onlayn tarzda)
- transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
- akademik maʼlumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring