Oʻqishni koʻchirish boʻyicha yangi tartib belgilandi
Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasasining biridan boshqasiga talabalar oʻqishini koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
— talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
— davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Boshqa hollarda bir davlat OTMdan boshqasiga (hududidan qatʼi nazar) oʻqishni koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
Xorijdan va Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirishda oʻtgan yilgi tartib saqlanib qolgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring