Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Gʻ.A. va M.P. fuqaro A.X.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasasida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetining 3-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.V. va boshqalar fuqaro M.O.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Margʻilon shahridagi 1-sonli tibbiyot texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring