Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

14:22 03 Noyabr 2023 Jamiyat
271 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.X. fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Qarshi shahridagi “Iqtisodiyot va pedagogika” nodavlat universitetining “Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.S. fuqaro E.A.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер