Oqdaryo tumanida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan, DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.X., D.X. va boshqalar fuqaro R.M.ni 20 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga viza hujjatlarini rasmiylashtirib ishga yuborishni vaʼda qilishib, oldindan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring