“Oʻq puli”: Erondagi namoyishlarda halok boʻlganlarning jasadlari pul evaziga qaytarib berilmoqda

18:55 15 Yanvar 2026 Dunyo
669 0

Eronda norozilik namoyishlari vaqtida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolari marhumlarning jasadlarini olib chiqish uchun rasmiy idoralarga pul toʻlashga majbur boʻlmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Inson huquqlari faollarining maʼlum qilishicha, ushbu toʻlov “oʻq puli” deb ataladi va xavfsizlik kuchlari tomonidan qoʻllangan oʻq-dorilar uchun kompensatsiya sifatida talab etilmoqda. Ayrim holatlarda oilalardan minglab yevro miqdorida mablagʻ soʻralayotgani haqida maʼlumotlar bor.

Bildirilishicha, agar oila toʻlovni amalga oshirishdan bosh tortsa, marhumning jasadi rasmiy dafn qilish uchun topshirilmaydi. Bunday hollarda halok boʻlganlar nomsiz holda ommaviy qabrlarga dafn etilishi mumkin. Shuningdek, halok boʻlganlarning qarindoshlaridan oʻlim sababi sifatida “yurak yetishmovchiligi” kabi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga imzo chekish ham talab etilmoqda.

Bundan tashqari, dafn marosimlariga ham qator cheklovlar joriy etilgan. Jumladan, marosimlar faqat tungi vaqtda, kam sonli odamlar ishtirokida va xavfsizlik kuchlari nazorati ostida oʻtkazilishiga ruxsat berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер