“OpenAI” “insoniyatga tahdid soluvchi sunʼiy intellektni” yaratdimi?

13:57 27 Noyabr 2023 Dunyo
441 0

“Reuters” maʼlumotlariga koʻra, Sem Altman ishdan boʻshatilishidan sal oldin bir nechta xodimlar direktorlar kengashiga qiziqarli xat yuborishgan.

Xatda ular sunʼiy intellekt boʻyicha ancha oldinga siljishgani va insoniyatga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan sunʼiy intellekt yaratilganidan xavotirda ekanliklari yozilgan.

Gap “Q” nomli loyiha haqida ketmoqda. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, ular hozirgi neyron tarmoqlar kabi javoblarni katta hajmdagi oʻrgatilgan tayyor maʼlumotlardan olmasdan, mustaqil ravishda matematik masalalarni yechishga qodir sunʼiy intellekt modelini yaratishga muvaffaq boʻlishgan.

Yaʼni, u inson miyasi kabi oʻrganish va tahlil qilishga qodir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер