Onlayn tarzda notoʻgʻri yozilgan avto jarimalar ustidan shikoyat yoʻllash xizmati ishga tushdi

15:41 28 Avgust 2024 Jamiyat
385 0

Yoʻl harakati bilan bogʻliq notoʻgʻri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yoʻllash tartibi osonlashadi. Bu haqda Davlat xizmatlari markazi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, endilikda yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin boʻladi.

Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib (yoki mobil ilova orqali), “Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmati tanlanadi.

Soʻng eʼtirozni asoslovchi maʼlumotlar kiritilib, yuborish tugmasi bosiladi.

Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1-sentyabrdan toʻliq yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер