Onlayn xaridlar uchun 1,2 mlrd. donadan ortiq elektron chek berilgan

14:26 15 Yanvar 2024 Jamiyat
381 0

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid toʻlov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qatʼi nazar xaridorga beriladi.

Joriy yilning 11 oyi davomida onlayn-NKT orqali 801,1 mln dona chek rasmiylashtirilib, ular boʻyicha aylanma 208,4 trln. soʻmdan ziyodni tashkil etdi.

Agar xaridor toʻlovlarni elektron toʻlov tashkilotlari yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.

Yanvar – noyabr oylarida isteʼmolchilarga umumiy qiymati 47,8 trln soʻmlik 1,2 mlrd donadan ziyod elektron chek taqdim etildi. Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan toʻlov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).

Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yoʻllash lozim.

Joriy yil boshidan fuqarolar tomonidan chek bermaslik holatlari yuzasidan 104 mingdan ortiq murojaat yuborilgan. Ilovaning oʻzida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер