Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash samaradorligi oshiriladi

13:46 05 Mart 2024 Jamiyat
416 0

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 17-maqsadi — Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish doirasida:

Xavf guruhiga mansub boʻlgan aholini onkologik kasalliklar boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish, xavfli oʻsma xastaliklaridan 1-yilgacha oʻlim koʻrsatkichini 13,8 foizdan yuqori boʻlmasligiga erishish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda:

— 35-55 yoshdagi ayollarni har 3-yilda 1-marta bachadon boʻyni saratoni hamda 45-65 yoshdagi ayollarni 2-yilda 1-marta koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha 3 mln nafar aholini skriningdan oʻtkazish hamda ommaviy onkoskrining tekshiruvi joriy etiladi;

— onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida birlamchi tizim shifokorlarining “Onkoogohlik” boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalari;

— xavfli oʻsma xastaligi aniqlangan bemorlarni davolash samaradorligi oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер