Oʻn oyda 13,4 trln. soʻmlik elektrotexnika mahsuloti ishlab chiqarildi
2021-yil yanvar — oktabr oyi yakunlari bilan umumiy qiymati 13,4 trln.soʻm boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Bu 2020-yilning tegishli davriga nisbatan 120,5 ga koʻp, degani.
Jami 450 mln. dollarlik 121 turdan ortiq mahsulotlar xorijga eksport qilingan. Xususan, Tojikistonga eksport 1,4 barobarga, Qozogʻistonga eksport salkam 1,8 barobarga, Rossiyaga eksport 2,0 barobarga va Gruziyaga eksport 1,9 barobar oshgan.
Hududlarda 38 ta yangi loyiha ishga tushirildi. Jumladan, Andijonda – 7 ta, Fargʻona – 7 ta, Qashqadaryo – 2 ta, Buxoro – 2 ta, Xorazm – 1 ta, Namangan – 4 ta, Toshkent shahri – 6 ta, Toshkent viloyati – 2 ta, Samarqandda – 7 ta.
Ishga tushgan loyihalar natijasida 3010 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 87 foizini yoshlar tashkil etadi.
Yil yakuni bilan eksportni 500,0 mln. dollarga, ishlab chiqarish hajmini 17 trln. soʻmga, investitsiyani 143 mln. dollarga yetkazish belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring