Ommaviy qabullar: masalalar yechimiga bor kuch va imkoniyat safarbar qilinmoqda
Prezident Xalq qabulxonalarining Toshkent viloyatida bu galgi qabullarida ham Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Xalq taʼlimi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, turli sohalarga oid yigirmaga yaqin respublika idoralari va tashkilotlari, viloyat sektorlari rahbarlari har bir murojaatni sinchiklab oʻrganmoqda. Bu jarayonda tadbirkorlik bilan bogʻliq masalalarga joyida yechim topish uchun ham bor kuch-imkoniyat safarbar qilinmoqda.
Aytaylik, Chinoz tumani Olmazor qoʻrgʻonida faoliyat yuritayotgan “Pronto Textile Group” toʻqimachilik korxonasida har yili oʻrtacha 10 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Ammo buyurtmachi tashkilotlardan biri shartnomaga koʻra 15 foiz toʻlovni oldindan amalga oshirib, mahsulotni toʻliq olsada, 600 mln. soʻmni bermay yurgan ekan. Korxona direktori oʻrinbosari Rustam Rahmatov qabulda Bosh prokuratura masʼullaridan ayni shu masalani hal qilishda amaliy yordam soʻragach, muloqot asnosida bu muammoga ham yechim topildi.
Chinozlik Ozoda Rahimova xonadonida sartaroshxona ochishni niyat qilganu, sarmoyasi yoʻqligidan qiyin vaziyatga tushib qolgan ekan. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi masʼullari bilan muloqotlardan soʻng istak va imkoniyatlar bir nuqtada birlashdi. Ayolga biznes rejasini amalga oshirishi uchun subsidiya ajratiladigan boʻldi.
Chinoz tumani hokimining “Gulzorobod” mahallasidagi yordamchisi Oʻktam Zohidov esa oʻz faoliyatida duch kelayotgan ayrim masalalar yechimi boʻyicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi masʼullaridan huquqiy maslahat soʻradi.
Muloqotlar maydonida oʻtgan galgi ommaviy qabullarda masalalari hal qilingani uchun minnatdorlik bildirish uchun kelgan koʻplab odamlarni ham uchratdik. Sirdaryolik Shahodat Sariboyeva oʻtgan yili qoʻni qoʻshnilari bilan Chinoz tumanidagi klasterlaridan birida gʻoʻza chopiq qilib, ish haqini ololmagach, xuddi shunday qabulda shikoyat bilan kelgan edi. Murojaatdan soʻng prokuratura organlari ularning huquqlarini himoya qilib, jami 24 kishiga ish haqlari undirib berildi.
Yoki Oʻrta Chirchiq tumanidagi korxonalardan birida haydovchi boʻlib ishlagan
Yangiyoʻllik Mirolim Fozilov Ichki ishlar vazirligi masʼullariga murojaati asosida adolat qaror topganini aytmoqda. Gap shundaki, bu odam bir tanishidan mulk sotib olmoqchi boʻlib, anchagina pul bergan, soʻng kelishuv barbod boʻlib, ham mulksiz, ham pulsiz qolgan. Firibgarga aldanganini bilgach, Ichki ishlar vazirligi masʼullariga murojaat qilgan Mirolim akaga yaqinda mablagʻi toʻliq qaytarilishi taʼminlandi.
Chinozlik Feruza Yoʻlchiyeva ham Bosh prokuratura masʼullariga bir ogʻiz rahmat aytish uchun kelibdi. Aytishicha, turmush oʻrtogʻi va qaynotasi vafot etgach, yoshgina bolasi bilan yolgʻiz qolgan. Taʼmirga muhtoj uy-joyi epini qilolmagan ayol shunday qabullarda amaliy yordam soʻragach, yaqinda 2-sektor koʻmagida ichki imkoniyatlar hisobidan uning uy-joyi taʼmirlab berilibdi.
Ha, mamlakatimiz yetakchisi koʻp bora taʼkidlaganidek, respublika va viloyat darajasidagi rahbarlar aholi orasida qancha koʻp yursa, xalq dardini teranroq his qiladi, murojaatlar kamayib, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga barham beriladi. Ommaviy qabullar natijadorligi esa avvalo fuqaro va rahbarlarning oʻzaro bir-birini tinglashi, bir-birini tushunishiga bogʻliq.
Qabullar davomida koʻplab iqtisodiy-ijtimoiy masalalarga ham yechim topildi. Deylik, Chinoz tumani “Yoʻltushgan” mahallasida yashovchi Baxtiyor Ahmedov mahalladagi 362 ta xonadonni ichimlik suvi bilan taʼminlashda amaliy yordam soʻradi. Oʻrganishlar bu borada dastur asosida loyiha tayyorlanganini, faqat moliyalash masalasi hal qilinmaganini koʻrsatdi. Viloyat hokimligi tez orada mazkur loyihani moliyalashtiradigan, pirovardida 362 ta xonadon obi-hayot bilan taʼminlanadigan boʻldi.
Chinoz tumani Olmazor qoʻrgʻonida yashovchi Matluba Gʻafforova murojaatidan soʻng Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi viloyat boshqarmasi mazkur hududdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash, piyodalar yoʻlagi qurish masalalarini hal qilib beradigan boʻldi.
Chinozlik opa-singil Ruxshona va Gulasal Hamidullayevalar yaqinda Italiya davlatida
Murojaatlaridan soʻng oʻrtachirchiqlik Dilnoza Xudoyberganova tumandagi “Shodlik” maktabgacha taʼlim tashkilotiga tarbiyachi boʻlib ishga qabul qilingan boʻlsa, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi talaba Durdona Gʻulomovaga yangi oʻquv yili uchun kontrakt pullari toʻlab beriladigan boʻldi.
Xuddi shunday muloqotlar asnosida bir necha yildan buyon tos suyagi yemirilishidan aziyat chekib kelayotgan chinozlik Abdurasul Eshmurodovga viloyat hokimligi bepul jarrohlik amaliyoti oʻtkazishi va sogʻayishi uchun amaliy yordam koʻrsatadigan boʻldi.
Chinozlik ogʻir ijtimoiy ahvoldagi Fotima
Davlatimiz rahbarining alohida topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Chinoz va Oʻrtachirchiq tumanlaridagi ommaviy qabullarida 406 ta masala koʻrib chiqildi, ularning 81 tasi joyida hal qilingan boʻlsa, 85 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berildi, 240 ta murojaat boʻyicha esa aniq muddat va masʼullar belgilanib, nazoratga olindi.
Bu kabi muloqotlar Ohangaron shahrida ham tashkil qilindi. Tafsilotlar haqida kelgusi dasturlarimizda hikoya qilamiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring