Ommaviy axborot vositalarini “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdamiz — Prezident

11:33 24 Mart 2022 Siyosat
1684 0

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Islohotlarimizning muhim yoʻnalishi sifatida mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va soʻz erkinligini taʼminlash, demokratik media makon yaratish boʻyicha zarur choralar amalga oshirilmoqda.

Ommaviy axborot vositalarini “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisob́dorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishmoqdamiz.

Bu boradagi eng muhim yutugʻimiz shuki – biz jamiyatimizda “yopiqlik muhiti”dan qutulib, Yangi Oʻzbekiston poydevorini aynan erkinlik va adolat tamoyillari asosida barpo etmoqdamiz.

Koʻp yillar davomida mamlakatimizni turli “qora roʻyxat”larga kiritilishi uchun sabab boʻlgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga toʻliq barham berildi.

Buning eʼtirofi sifatida yaqinda xalqaro “Cotton Campaign“ koalitsiyasi hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan Oʻzbekiston paxtasi va tekstil mahsulotlariga nisbatan ilgari oʻrnatilgan boykot bekor qilindi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер