«Omikron»ning inson terisida namoyon boʻladigan belgilari haqida maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Inson terisining rangini oʻzgarishi, toshmalar hosil boʻlishi, qurishi va qichishishi kabi belgilar koronavirusning «Omikron» shtammi simptomlari boʻlishi mumkin.
Buyuk Britaniyada bemorlarning koʻrsatmalari, shuningdek, shifokorlar kuzatuvlariga koʻra shunday xulosalar aytildi.
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan maʼlum qilinishicha, agar odamning terisi rangpar, kulrang yoki koʻk boʻlsa, bu «Omikron»ning ogohlantiruvchi belgisi boʻlishi mumkin. Bunday asoratlar kamdan-kam uchrasada, bu qonda kislorod etishmasligini anglatadi.
“ZOE Symptom Tracker” ilovasidan olingan maʼlumotlar ham infeksiya yuqtirgan odamlarda ikki turdagi teri toshmasi paydo boʻlishini koʻrsatmoqda. Birinchisi, koʻproq terida qichima joylari koʻrinishida boʻlib, ular kaftlar yoki oyoqlarning qattiq qichishi bilan boshlanadi.
Ikkinchisi, butun tanada issiqlik toshmalariga oʻxshaydi. Ular tirsaklar, tizzalar va qoʻllar va oyoqlarning orqa qismida koʻproq paydo boʻladi va bu alomatlar koʻproq yoshlarda uchraydi.
Shuningdek, pufakchalar va shishlar paydo boʻlishi ham mumkin. Barmoqlar qizil yoki binafsha rangga oʻxshab koʻrinadi, baʼzi bemorlarda hatto ogʻriq yoki yiring ham paydo qiladi.
Bundan tashqari, nashrning xabar berishicha, «Omikron» aniqlangan koʻplab odamlar lablarning qurishi va yorilishi ham kuzatilgan.
“CovidSkinSigns” mutaxassislari ayrim infeksiya bilan zararlanganlarda boʻyin va koʻkrakda ekzema paydo boʻlgani haqida maʼlum qilishdi. Terining zararlangan maydonining rangi pushti boʻlib, qichishish kuzatilgan. Ushbu alomat infeksiya paytida yoki undan keyin istalgan vaqtda paydo boʻlishi mumkin va odatda uzoq vaqt davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring