“Omikron” shtammi xavfsiz ekani rad etildi

06:46 16 May 2022 Dunyo
910 0

Foto: Illustrativ foto

AQSHning bir qancha yetakchi tibbiyot maktablari olimlari «omikron» xavfsiz ekani haqidagi xabarlar uydirma ekanini aytmoqda. Buni aniqlash uchun 130 ming nafar kovidga chalingan bemorlarning maʼlumotlari oʻrganilgan.

Tadqiqot natijasiga koʻra, «omikron» avvalgi shtammlar kabi jiddiy va xavflidir. Bu virus turi xavfsiz ekani haqidagi xabarlarni rad etadi. «Biz «omikron»da kasalxonaga yotqizish va oʻlim xavfi deyarli bir xil ekanini aniqladik. Tahlillarimiz u “delta” va kovidning oldingi variantlari kabi ogʻir kechishini koʻrsatadi», deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, aynan vaksinalar «omikron»ning oʻlim va kasallanish darajasini ushlab turishga yordam bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер