“Omikron” ilk marta yovvoyi hayvonlarda aniqlandi
Foto: Reuters
Olimlar Nyu-York shtatining Steyten-Aylend shahrida 131 ta kiyikdan qon namunalari olishdi. Bu haqda Reuters maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, olingan qon namunalarida kiyiklarning 15 foizida «omikron» shtammi aniqlangan. Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, kiyiklarda ilgari koronavirus infeksiyasi boʻlgan va ular yangi shtamm bilan kasallanish ehtimoli yuqori boʻlgan.
Hozirgi kunda AQSHda 30 million kiyik boʻlib, «omikron» tez orada ushbu jonivorlar orasida keng tarqalishidan xavotirga tushgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring