Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili “Turon” MFYda sayyor qabul oʻtkazdi

08:59 29 Sentyabr 2023 Jamiyat
397 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanov Samarqand shahridagi “Turon” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazdi.

Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari qabul qilindi. Baʼzi murojaatlar joyiga chiqib oʻrganilgan boʻlsa, baʼzilari boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarda nafaqa pulini olish, moddiy yordam, elektr energiya ustunlarini yangilash, nogironlik arvachasi berish, sud masalalari, ipoteka krediti asosida uy-joy olish va uy-joyni davlat tomonidan taʼmirlashda yordam berish masalalari koʻtarildi.

Fuqaro B.A. ancha yillardan buyon chap koʻzi koʻrmasligi va uni jarrohlik yoʻli bilan davolash mumkinligini lekin, uning oilaviy sharoiti juda ogʻir boʻlgani sababli yordam soʻrab murojaat qildi. Ushbu murojaat viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼul xodimlari bilan oʻrganilib, oktyabr oyida bepul operatsiya qilinishi belgilandi.

Qolgan murojaatlar ham nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер