Ombudsmanlar BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari bilan uchrashishdi

16:33 03 Mart 2023 Siyosat
832 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Shaxrbanu Tadjbaxsh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bola huquqlari boʻyicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova hamda BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy boʻlinmasi rahbari v.b. Fabio Piana ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida, Ombudsman instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, xususan, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga oʻtkaziladigan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va jamoatchilik bilan ishlash faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Bola huquqlari boʻyicha vakil ayollar va bolalarni qurolli mojarolar boʻlayotgan hududlardan vataniga qaytarish borasidagi Oʻzbekiston tajribasiga alohida toʻxtaldi.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Oʻzbekistonning ushbu tajribasini eʼtirof etar ekan, uni boshqa mamlakatlar uchun metodologiya ishlab chiqishda qoʻllash maqsadga muvofiqligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер