Ombudsmanga homiladorlik va tugʻish taʼtili pullari toʻlab berilmayotgani boʻyicha murojaat keldi

19:16 09 Yanvar 2024 Jamiyat
472 0

Иллюстратив фото

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga fuqaro M.N. homiladorlik va tugʻish taʼtili pullari toʻlab berilmayotgani boʻyicha shikoyat qildi.

Aniqlanishicha fuqaro M.N. 2021-yildan buyon “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning Forish filialining Murojaatlar boʻlimi, ijro intizomi mutaxassisi sifatida ishlab kelgani va 2023-yil sentyabr oyida homiladorlik va tugʻruq taʼtiliga chiqqan. Ushbu masalada 2 oydan buyon bir necha bor jamiyatning Forish filiali bosh hisobchisiga murojaat qilganda, tushum rejasi bajarilmagani uchun kechikayotgani aytilgan.

Mazkur masala Ombudsman nazoratiga olinib, murojaatchining huquqlarini tiklash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga murojaat qilindi. Natijada “Jizzax Suv taʼminoti” MCHJ tomonidan fuqaro M.N. plastik kartasiga homiladorlik va tugʻish taʼtili nafaqasi toʻliq oʻtkazib berildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga koʻra, ayolga tugʻruqqacha 70 kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin 56 kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

Homiladorlik va tugʻish taʼtili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qatʼi nazar, toʻliq beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер