Ombudsmanga Fargʻonadagi maxsus qabulxona sharoitlari yaxshi emasligi boʻyicha murojaat kelib tushdi

18:14 06 Noyabr 2023 Jamiyat
147 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga fuqaro Q.B. murojaat qilib, viloyatdagi maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonada saqlanayotgan akasi X.B. sharoitlari yaxshi emasligidan shikoyat qildi.

Murojaat nazoratga olinib, huquqbuzar X.B.ning saqlanish sharoitlari oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida u  Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi talablariga zid ravishda belgilangan kamida 2,5 kv.m.dan kam boʻlgan kamerada saqlanayotganligi aniqlandi. 

Shu kunning oʻzida X.B. boshqa kameraga oʻtqazilib, murojaat muallifining talablari qanoatlantirildi.

Shu bilan birga unga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari xam yetkazilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер