Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi

12:02 29 Iyul 2023 Jamiyat
315 0

2023-yilning 28-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.

Qabulga 20 ga yaqin fuqarolar kelib, ish haqini undirish, moddiy yordam olish, uy-joy, Oliy sud raisi qabuliga kirish hamda sud tergov jarayonlariga oid murojaatlarini qoldirishdi.

Fuqarolar murojaatlari Ombudsman nazoratiga olindi.

Eslatib oʻtamiz, fuqarolar toʻgʻridan-toʻgʻri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер