Ombudsman Italiyadagi yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi

18:44 28 Sentyabr 2023 Siyosat
505 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Italiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik bazasi va vakolatlari haqida vatandoshlarga maʼlumot berildi.

Hamyurtlarimiz bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ular mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni kuzatib borishlarini va Italiyada koʻplab oʻzbek talabalar taʼlim olayotganidan kelib chiqib, madaniy tadbirlarni koʻproq tashkil etish taklifini bildirishdi.

Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Italiya senatori, Inson huquqlarini taminlash va himoya qilish qoʻmitasi azosi Chinza Pilligrino bilan uchrashdi. Oʻzaro muloqot davomida senator Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻyicha faoliyati bilan tanishtirildi. 

Chinza Pilligrino Italiya va Oʻzbekiston Ombudsmanlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish muhim ekanligiga toʻxtalar ekan,  murojaatlar bilan ishlash borasida Italiyaning oʻziga xos tajribasi borligi, parlamentga ham koʻplab murojaatlar yuborilishi, ushbu yoʻnalishda ishlovchi senator sifatida ularni oʻrganib, sohalar kesimida tahlil qilinishini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekistonning har tomonlama rivojlanish tendensiyalarini kuzatib borayotgani va mamlakatimizga tashrif buyurish istagida ekanligini bildirdi. 

Uchrashuv soʻngida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер