Ombudsman: isteʼmolchining murojaati eʼtiborsiz qoldirilgan

18:57 06 Iyun 2022 Jamiyat
450 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Uychi tumanida yashovchi fuqaro R.I. isteʼmolchi huquqlari buzilganligi boʻyicha murojaat qildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmatiga koʻra, mazkur murojaat Namangan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻrganilganda murojaatchi R.I. 2022-yilning 7-yanvarida “Uzavtomotors” AJdan 78.283.000 soʻmga “Damas” avtomashinasi sotib olish boʻyicha tuzilgan shartnoma asosida “Chustavtotexxizmat N” MCHJ yetkazib berilgani, lekin mashinada nuqson borligi aniqlangan.

Fuqaro R.I.ning mazkur kamchilik boʻyicha tegishli mutasadi tashkilotlarga qilgan murojaati eʼtiborsiz qoldirilgan.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili nazoratiga olinishi natijasida fuqaroning nuqsoni bor “Damas” rusumli avtomashinasi 26-may kuni yangisiga almashtirib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер