“Olx” platformasida “Arzon kitoblar” qimmatga tushdi

17:25 04 Yanvar 2024 Jamiyat
616 0

Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli fuqaro F.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 600.000 soʻm pullar firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 19 yoshli U.U. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, U.U. “Olx” savdo platformasida “Arzon kitoblar” nomli soxta eʼlon joylashtirib, ushbu eʼlonga ishongan F.A.ni aldab, u xarid qilgan kitoblarni yetkazib berishini vaʼda qilib, ishonchiga kirish orqali oldindan 600.000 pullarni oʻzining bank kartasiga oʻtkazdirib olgandan soʻng, kitoblarni manzilga yetkazmasdan aloqani uzib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, U.U.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер