Oltmish yil ichida Xitoy aholisi birinchi marta kamaydi

00:33 18 Yanvar 2023 Dunyo
1479 0

Foto: Xinxua

2022-yilda Xitoy aholisi 1959-yildan 1961-yilgacha boʻlgan yirik ocharchilikdan keyin 60 yil ichida birinchi marta kamaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi eʼlon qilgan hisobotda aytib oʻtilgan.

Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, Xitoy aholisi 1,411 milliard kishiga kamaygan. Bu 2021-yil oxiriga nisbatan 850 ming kishiga kamdir. 

“2022-yilda yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni 9,56 millionni,  vafot etganlar soni esa 10,41 millionni tashkil etdi”, deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, aholining qariyb 15 foizi (209,78 million) 65 yoshdan oshgan fuqarolardir. Mehnatga layoqatli yoshdagilar (16 yoshdan 59 yoshgacha) 875,56 million kishini tashkil etgan. Bu umumiy koʻrsatkichning qariyb 62 foizidir.

Avvalroq, Hindiston 2023-yil bahorida aholi soni boʻyicha Xitoydan oʻzib ketishi mumkinligi aytilgan edi. BMT prognozlariga koʻra, u joriy yilning 14-aprel kuni dunyodagi eng koʻp aholiga ega davlatga aylanadi. Mazkur mamlakatda demografik yuksalish taxminan 2010-yillarda boshlangan. Mutaxassislarning fikricha, u 2050-yillargacha davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер