Oltinsoydagi dorixonada kirim hujjatlari boʻlmagan “psixotrop”lar sotilayotgani aniqlandi

12:43 03 Oktyabr 2024 Jamiyat
390 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Oltinsoy tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “X.-N.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona tekshirilgan.

Ushbu dorixona sotuvchisi X.M. xaridorga kirim hujjatlari boʻlmagan 250 dona “BENZONAL” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 750 ming soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.X. inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi 6 dona “Tropikamid” va 14 dona “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat Urganch shaharida aniqlangan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. fuqaro M.X.ga 468 ta kapsula kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 1,5 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “G.P.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S. xaridorga shifokor retseptisiz tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan 3 quti “BENZONAL” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 170 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, ayrim hududlarda bogʻ yaratmaganlar uchun yer soligʻi 3 baravarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер