Olmazor tumanining ayrim mahallalarida gaz vaqtincha oʻchiriladi
Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasida joylashgan yer usti oʻrta bosimli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli 2022-yil 23-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha “Taraqqiyot”, “Qorasaroy”, “Olmazor siti” MFYlarida, “Qoraqamish” 1/1, 1/2, 1/3-mavzelarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring