Olmazor tumanining 5 ta mahallasini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlari yangilanmoqda
Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Bibliotechnaya” podstansiyasida RP “Vuzgorodok” taqsimlash punktiga boradigan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlari yangilanib, tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi.
Ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida tumanning Talabalar koʻchasi, Universitet, Ziyo, Ziyokor va Allon mahallalarida elektr taʼminoti bugun soat 14:00 dan 17:00 ga qadar uzilishlar kuzatilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring