Olmazor tumanida 2 ta BYD va ikkita “Malibu” toʻqnashib ketdi
Olmazor tumanida 4 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Unga koʻra, joriy yilning 29-aprel kuni soat 10:35 larda Olmazor tumani Nurafshon koʻchasida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Bunda 2 ta BYD va 2 ta “Malibu” rusumli avtomashinalar toʻqnashib ketgan.
“YTH natijasida tan jarohat olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring