Olmaotadan Toshkentga uchgan samolyot texnik sababga koʻra ortga qaydi
Texnik muammolar sabab Olmaotadan Toshkentga uchgan samolyot ortga qaytarildi.
“Air Astana” aviakompaniyasiga tegishli KC-127 yoʻlovchi reysi Olmaotadan Toshkentga uchgan. Biroq ekipaj texnik muammolar tufayli Olmaota uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu reysda bugun, 15-fevral kuni Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida konsert berishi kerak boʻlgan mashhur rossiyalik qoʻshiqchi Basta ham boʻlgan. Rejalashtirilgan konsert dasturi, 17-fevral kuniga qoldirilgan.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring