Olmaliqda 4-misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanadi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni koʻpaytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilash ustuvor yoʻnalish boʻladi.
Kelasi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar boʻladi.
Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Misol uchun:
— “Yoshlik” mis konini oʻzlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazilib, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushadi;
— Olmaliqda 4-misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanadi;
— Navoiydagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishi yakunlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring