Olmaliq shahri uchun 83 dona, Termiz shahri uchun 100 dona zamonaviy avtobus xarid qilinadi — Transport vazirligi
Olmaliq shahriga “OLMALIQ TRANS SERVICE" MCHJ tomonidan 83 dona, Termiz shahri uchun “Termiztransportxizmat” MCHJ tomonidan 100 dona zamonaviy avtobuslarni sotib olish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish rejalashtirilgan.
Bu haqda O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov videokonferensaloqa orqali Xitoyning “Zhongtong Bus Holdings Co., Ltd” kompaniyasi, CIB banki hamda “SINOSURE” sug‘urta tashkiloti mutasaddilari bilan muzokaralar o‘tkazish chog‘ida ma’lum qildi.
Uchrashuvda Olmaliq, Termiz hamda Toshkent shahriga zamonaviy avtobuslarni xarid qilish loyihalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring