"Olmaliq KMK" AJ yetti oyda 413,2 million dollarlik eksport amalga oshirildi
"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ tomonidan joriy yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, 413.200.000 dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, rejaviy vazifa 100,4%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 33.556 ming tonna mis mahsulotlari, 21.123 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, 516 tonna molibden mahsulotlari eksport qilinib, rejaviy vazifa 129,7%ga bajarilgan.
Shuningdek, xorijga reniy, mis kuporosi, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar ham eksport qilingan.
O‘tgan yilda kombinat mahsulotlari eksporti geografiyasi kengaydi. Yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Shuningdek, 2022-yilda "Olmaliq KMK" AJda ishlab chiqarilgan mis konsentratlaridan iborat birinchi konteyner blok poezdi Bolgariyaning Burgas shahriga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring