Olmaliq ham eshiklarini yopmoqda
arxiv foto
Ertadan Olmaliq shahriga kirish va chiqish postlari butkul yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar qiladi.
"Ertadan, 9-aprel kunidan boshlab,Olmaliq shahriga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida shaharga kirish va chiqish postlari butkul yopiladi.
Olmaliq shahrida ishlab,qoʻshni tumanlarda yashaydigan fuqarolardan bugun shahar ichida joylashgan yaqinlarining uyiga yoki ijaraga kvartira topib joylashishlarini tavsiya etamiz.
Ertadan boshlab shaharga hech kim kiritilmasligi va chiqarilmasligi haqida ogohlantiramiz!", deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring