Olma importi qariyb 20 baravarga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 6,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming tonna olma import qilingan.
Olma importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,5 ming tonnaga yoki qariyb 20 baravarga oshgan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp olma import qilgan davlatlar:
— Eron – 12 ming tonna
— Ukraina – 1,4 ming tonna
— Moldova – 1,2 ming tonna
— Polsha – 1,1 ming tonna
— Turikya – 527 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring