Olimpiada bekor qilinsa Yaponiya qancha zarar koʻradi?

21:19 07 Mart 2020 Dunyo
1025 0

Foto: www.google.com

SMBC Nikko Securities moliyaviy kompaniyasi Tokio olimpiadasi bekor qilinsa, Yaponiya taxminan qancha zarar koʻrishini hisobladi.

Tahlilchilarning hisob-kitoblariga koʻra, Yaponiya 7,8 trillion iyena yoki 74,3 milliard dollardan ayrilishi mumkin. Iqtisodchilar Tokioning kutilayotgan turistlar oqimi, kelishi kerak boʻlgan sayyohlar tufayli mahsulotlar va xizmatlarga boʻlgan talabdan kelib chiqadigan foydasini 670 milliard iyena (6,5 milliard dollar)ga baholashgan.

Agar olimpiya oʻyinlari bekor qilinsa, 2020-yilda Yaponiyaning yalpi ichki mahsuloti 1,4 foizga pasayishi mumkin.

Biroz oldin JSST telefon orqali konferensiyada koronavirus tufayli 2020-yilgi Tokio Olimpiadasini oʻtkazish masalasini muhokama qilgan, unda Yaponiyadagi musobaqalarni tomoshabinlarsiz oʻtkazish taklifi bildirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер