Olimlar koronavirusning uzoq muddatli yangi asoratlaridan ogohlantirdi

13:41 26 Oktyabr 2020 Dunyo
1021 0

Intellektual qobiliyatning yomonlashuvi koronavirusning uzoq muddatli asoratlaridan biriga aylanishi mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar medRxiv portalida eʼlon qilindi.

Londondagi Imperial kolleji neyrofiziklari koronavirus bilan kasallangan 84 mingdan ortiq britaniyalik ustida tadqiqot oʻtkazdi. Ular xotiraning mustahkamligi va kognitiv imkoniyatlarni sinash maqsadida onlayn-testdan oʻtgan. Olingan natijalar Buyuk Britaniyaning istalgan fuqarosi oʻzining intellektini tekshirishi mumkin boʻlgan Great British Intelligence Test loyihasi maʼlumotlari bilan solishtirilgan.

Natijalarni tahlil qilish davomida mutaxassislar yosh, jins, taʼlim darajasi, ish faoliyati va surunkali kasalliklar mavjudligi kabi omillarni hisobga olgan.

Testning yakuniy natijalariga koʻra, COVID-19ʻning ogʻir shakli bilan ogʻrigan bemorlar aqliy salohiyat boʻyicha Buyuk Britaniyaning 65 foiz aholisidan ortda qolgan.

“Oʻtkazilgan tahlillar koronavirusdan sogʻaygan insonlarda kognitiv va ijro etuvchi funksiyaning koʻp jihatlarida muammolar kuzatilishi toʻgʻrisidagi gipotezaga isbot boʻla oladi”, — deydi tadqiqot rahbari Adam Xempshir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер