Olimlar koronavirusning birinchi jiddiy mutatsiyasini aniqladi
Illyustrativ surat
Tayvan va Avstraliya olimlari yangi SARS-CoV-2 koronavirusining birinchi jiddiy mutatsiyasini aniqladilar.
Oʻrganish davomida mutaxassislar butun dunyodan olingan koronavirusning 106 ta namunasining genetik tuzilishini oʻrganib chiqqan. Ular orasida Hindistonda bemordan olingan namunada mutatsiya aniqlangan. Ushbu mutatsiya odamlar uchun kamroq xavf solishi maʼlum boʻlgan.
Olimlar, shuningdek, yangi turdagi koronavirusning genomasi 2002-yilda SARS epidemiyasini keltirib chiqargan SARS virusiga qaraganda ancha barqaror va mutatsiyalarga kamroq sezgir ekanligini aniqlashganlar.
Mart oyi boshida Xitoy olimlari koronavirusning 49 mutatsiyasini oʻrganib chiqib, ularni ikkita kichik turi — S va Lni aniqlashgan edi. Taʼkidlanishicha, ikkinchi kategoriya yuqumli boʻlib, u Uxanda koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida keng tarqalgan.
Oldinroq Valensiya universiteti mutaxassislari Ispaniyada tarqalgan koronavirus Xitoyning Uxan shahrida epidemiyani keltirib chiqargan virusdan keskin farq qilishini maʼlum qilishgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring