Olimlar koronavirusni ikki kunda yoʻq qiladigan preparatni yaratishdi. Ammo...

00:36 09 Aprel 2020 Dunyo
1556 0

Illyustrativ surat

Bugunga kelib ushbu infeksiyani 1,3 millionga odam yuqtirib olgan. Shu bois olimlar koronavirusni qanday qilib boʻlsa ham toʻxtatib qolish maqsadida har kuni turli xil tadqiqotlar oʻtkazishmoqda.

Bularning natijasi oʻlaroq mutaxassislar ikki kun ichida virusni yenga oladigan dori yaratishdi, deya xabar bermoqda planetanovosti.com.

“Parazitga qarshi dori — ivermektinning ijobiy taʼsirini qayd etilmoqda, u kasallikni ikki kun ichida yoʻqotishga qodir”, deydi Avstraliya Monash Biotibbiyot tadqiqotlar instituti vakili, doktor Kayli Vagstaff.

Qayd etilishicha, preparat shu qadar kuchliki, bitta miqdori SARS-CoV-2ning RNK zanjirini butunlay yoʻq qilishga qodir. Preparatni yaqin kelajakda koʻngillilarda sinab koʻrish boshlanishi kutilmoqda. Bungacha barcha tadqiqotlar sinov naychalarida oʻtkazilgan. Ammo u inson organizmida samarasiz boʻlishi ham mumkin.

Mutaxassislar ivermektinning qanday qilib koronavirusni yoʻq qila olishini aniqlay olishmadi.

“Ehtimol, dori toʻgʻridan-toʻgʻri koronavirusning bosh-hujayralariga taʼsir qilayotgandir”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер